Biz metall va plastmassadan detal tayyorlaymiz: val, vtulka, o‘q, flanets, shkiv, shtutser va boshqa nostandart detallar. Chizma bo‘lsa — chizma bo‘yicha, bo‘lmasa — eski detalning o‘zidan o‘lchov olib ishlaymiz.
Ikkinchi asosiy yo‘nalish — ta’mirlash. Eskirgan valni ta’mir o‘lchamiga yo‘namiz, podshipnik o‘rindiqlarini tiklaymiz, teshiklarni rasstochka qilamiz. Ko‘pincha bu yangi uzel sotib olishdan ancha arzon tushadi.


