Tokarlik dastgohi aylanma detallarni ishlaydi. Yassi yuza, paz, shponka pazi yoki korpus detali kerak bo‘lsa — frezerlash zarur.
Eng ko‘p uchraydigan ish — valdagi yoki stupitsadagi shponka pazi. Uning kengligi shponkaga aniq mos kelishi kerak, aks holda birikma tez buziladi.


