Mexanik ishlov berish — zagotovkadan ortiqcha metallni kesib olib, kerakli shakl va o‘lchamdagi detalni hosil qilish. Bizda bu tokarlik va frezerlash operatsiyalari: yo‘nish, rasstochka, parmalash, rezba kesish, tekislik va paz frezerlash.
Buyurtmachilar bizga aniq muammo bilan keladi: dastgoh to‘xtab qolgan, podshipnik uzeli buzilgan, sotuvda yo‘q detal kerak yoki import ehtiyot qismni namuna bo‘yicha takrorlash lozim.


